Uz:Installing WordPress

来自WordPress中文文档
Zhuozuran讨论 | 贡献2013年8月2日 (五) 04:34的版本 (1个版本)
(差异) ←上一版本 | 最后版本 (差异) | 下一版本→ (差异)
跳转至: 导航搜索

WordPressni O‘rnatish

WordPressni oson va qulay o‘rnatish uchun quyida keltirilgan yo‘riqnomadan foydalanishingiz mumkin.

  1. WordPressni saytdan yuklab olgandan keyin, uni arxivlangan fayldan ajratib olish kerak bo‘ladi.
  2. So‘ng, WordPress uchun maxsus ma’lumotlar bazasini yaratasiz, agar mavjud bo‘lsa uning tegishli joylarini o‘zgartirishingiz mumkin.
  3. wp-config-sample.php faylini wp-config.php deb qayta nomlang.
  4. wp-config.php faylini o‘zingiz istagan matn tahrirlash dasturida oching va ma’lumotlar bazasiga tegishli ma’lumotlarni kiriting;
  5. WordPress fayllarini veb serverdagi istalgan joyga yuklashingiz mumkin:
    • Agar siz WordPressni to‘g‘ridan-to‘g‘ri domenga (http://example.com) o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, u holda arxivdan ajratib olingan WordPress fayllarini veb serverning bosh katalogiga yuklashingiz lozim.
    • Mabodo WordPressni boshqa bir katalog ichiga o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, o‘z-o‘zidan, WordPress fayllarini bosh katalog ichida yaratilgan tegishli katalog ichiga yuklaysiz. Masalan, bosh katalog ichidagi "blog" deb nomlangan katalog ichiga (http://example.com/blog) o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, WordPress fayllarini "blog" deb nomlangan katalog ichiga yuklashingiz lozim.
  6. Istalgan veb brauzer yordamida wp-admin/install.php orqali WordPressni o‘rnatishingiz mumkin.
    • Agar siz WordPressni bosh katalog ichiga o‘rnatgan bo‘lsangiz, ushbu manzilga boring: http://example.com/wp-admin/install.php.
    • Agar siz WordPressni bosh katalog ichidagi blog katalogiga o‘rnatgan bo‘lsangiz, ushbu manzilga boring: http://example.com/blog/wp-admin/install.php

Bori shu! Endi WordPress hech qanday muammosiz o'rnatilishi kerak.